28 may kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning 21 nafari aholi orasidan aniqlandi

28 may kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning 21 nafari aholi orasidan aniqlandi

28 may kuni mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 75 holatning 48 nafari Karantin markazidan, 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 21 nafari (Toshkent shahri 16, Samarqand viloyati 4, Toshkent viloyati 1) esa aholi orasidan aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kun davomida 26 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3444 nafar bemordan 2694 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 736 nafar bemor yurtimizning 7 hududidagi davolash muassasalarida davolanishmoqda.

28 may kuni mamlakatimizda uy karantiniga 1166 nafar fuqaro olinib, 1284 nafar fuqaro chiqarildi. Statsionar karantinga esa 1532 nafar fuqaro olinib, 935 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar