“Folksvagen” avtomobillari O‘zbekiston bozoriga qachondan kirib kelishi ma’lum bo‘ldi

“Folksvagen” avtomobillari O‘zbekiston bozoriga qachondan kirib kelishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida “Folksvagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori imzolandi.

Birinchi bosqichda:

  • 2020-2021 yillarda Bozorni o‘rganish hamda marketing tahlilini o‘tkazish maqsadida “Folksvagen” va “Shkoda” modelidagi tayyor avtomobillarni ichki bozorga yetkazib berish;
  • Yirik uzelli avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha “Jizzax avtomobil zavodi” MChJ xodimlarini o‘qitish;
  • “Folksvagen” keddi modelini yirik uzelli yig‘ishni tashkil etish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish;
  • Mamlakat bo‘ylab dilerlik tarmog‘i va servis stansiyalarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Ikkinchi bosqichda 2020 yildan boshlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning to‘liq sikli o‘zlashtiriladi.

2020 yil iyul oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida “Yevro-5” standarti talablariga javob beradigan 40 dan ziyod AYoQSh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillari importi 132 mln AQSh dollari, ya’ni jami avtomobillar importining 33 % ni tashkil qilgan.

Germaniyaning “Volkswagen group” avtomobilsozlik konserni 31 ta mamlakatda 122 ta zavodiga ega. 2019 yilda 11 mln avtomobilni savdoga chiqargan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar