Niderlandiyalik ekspertlar Sardoba suv omboridagi toshqin sabablari bo‘yicha taxminlarni ma’lum qildi

Niderlandiyalik ekspertlar Sardoba suv omboridagi toshqin sabablari bo‘yicha taxminlarni ma’lum qildi

Niderlandiyaning Deltares tahlil markazi sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar asosida O‘zbekistondagi Sardoba suv omboridagi toshqin sabablarini o‘rgandi va bu borada hisobotni taqdim etishga tayyor. Tadqiqot o‘tkazish tashabbusi Deltares ekspertlari Sanjay Giri, Gennadiy Donchits va Mark Xegnauer tomonidan ilgari surildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.

Ekspertlar fikricha to‘g‘onning buzilishiga yog‘ingarchiliklar tufayli suv omborida suvning haddan ziyod ko‘pligi, shamol to‘lqini yoki ichki eroziya sabab bo‘lishi mumkin.

Hisobot mualliflarining qayd etishicha Sardoba suv omboridagi holat bo‘yicha tezkor tahlil va falokatga berilgan baho taxminlarga asoslangan. Asosiy jarayonlarni tushunish va sabablarni aniqlash uchun chuqur va batafsil o‘rganish talab etiladi. Bunda yer ustki ma’lumotlari va suv ombori devorlarining konstruksiyasi, qurilish va unda ishlatilgan materiallar haqidagi axborotlarni bilish talab etiladi.

Niderlandiyalik ekspertlar meteorologik omillarni ham yaxshilab o‘rganish kerakligi va bu kelajakda tabiiy ofatlarga tayyor turish, texnik potensialni takomillashtirish va boshqa omillarga ta’sir qilishini ta’kidlagan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar