O‘zbekistonda ilk bor so‘mga ham 50 ham 100 AQSh dollarini bankomatdan xarid qilish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda ilk bor so‘mga ham 50 ham 100 AQSh dollarini bankomatdan xarid qilish imkoniyati yaratildi

"Uzcard" yangi loyiha yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lum qildi. Loyiha doirasida "Uzcard" kartalaridan AQSh dollarida naqd pul mablag‘larini berish hamda kartalarni chet el naqd pul valyutasi bilan to‘ldirish imkonini beradigan yangi xizmat joriy etildi. Shu bilan birga, chet el valyutasini sotish va sotib olish kursi banklar tomonidan onlayn tarzda belgilanadi. Loyiha mijozlarni bank kassalarida navbatda turishdan xalos qilib, odamlar bilan aloqada bo‘lishni cheklaydi, bu esa pandemiya davrida juda muhimdir.

ATB “Qishloq qurilish bank” matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Uzcard” to‘lov tizimi bilan birgalikda “Sash-in/Sash-out” funksiyasiga ega bankomatlarda avtomatlashtirilgan shaklda valyuta sotib olish xizmatini yo‘lga qo‘yilgan.

Bank mazkur xizmatni ko‘rsatadigan bankomatlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.

9 iyundan boshlab «Ipak Yo‘li» bankiga tegishli bo‘lgan bankomatlari orqali naqd so‘mga naqd AQSh dollari sotish xizmatini yo‘lga qo‘yilgani haqida ham bank matbuot xizmati tomonidan xabar berildi.

Endi siz bankka borib yurishingiz va navbat turishingiz shart emas. Bir martada 100 AQSh dollarini valyuta ayirboshlash shoxobchalari kursi bo‘yicha sotib olish mumkin. Shunchaki bankomatga naqd so‘m kiritasiz, uskuna esa sizga 100 AQSh dollari va zarurat bo‘lsa qaytim beradi.

Bunday xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlar manzillarini bank saytida yoki Ipak Yo'li Mobile ilovasida topishingiz mumkin.

Turonbankning “Sash-in/Sash-out” funksiyasiga ega bankomatlari orqali ham avtomatlashtirilgan shaklda so‘mga naqd AQSh dollarini xarid qilish imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur bankomatlar bosqichma - bosqich ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Boshqa banklardan farqli o‘laroq, Turonbankda siz hatto 50 dollarlik kupyurani xam sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, deyiladi bank matbuot xizmati xabarida. Buning uchun mablag‘ingizni Respublikaning barcha hududlarida joylashgan maxsus valyuta bankomatlarimizga kiritishingizning o‘zi kifoya. Soniyalar ichida uskuna sizning yumushingizni hal qiladi va qaytimingizni ham beradi.

Mazkur bankomatlar 24/7 rejimida aholiga xizmat ko‘rsatib, 6 turdagi (AQSh dollari, Angliya Funt sterlingi, Shveysariya franki, Yapon yenasi, Rossiya rubli, Qozoq tengesi) xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlash va “Mastercard” xalqaro plastik kartlaridan naqd milliy valyuta yechish imkoniyatini ham Sizga taqdim etadi.

Mazkur xizmat to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng bankomatlarning joylashuvi bo‘yicha ma’lumotlarni bankning rasmiy sayti yoki @uz_avtovash_bot telegram boti orqali olishingiz mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar