Bog‘chalar ish faoliyatini boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda (+video)

Bog‘chalar ish faoliyatini boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda (+video)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida koronavirus sababli to‘xtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu faoliyatni tiklashdan maqsad xodimlar va tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz muhitni ta’minlash orqali, bolalarni normal maishiy hayot, o‘yinlar va ta’lim jarayoniga qaytarishdir.
Bunda virus tarqalishi va uni yuqtirib olish xavfini bartaraf etish maqsadida joriy etilgan taqiq tartiblarini hisobga olgan holda, qo‘shimcha xavfsizlik choralari ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Ammo bolalar o‘rtasidagi oraliq masofa, ularning ijtimoiy faolligi, amaliy mashg‘ulotlari va rivojlantiruvchi o‘yinlariga xalaqit bermasligi lozim.
Maktabgacha ta’lim vazirligi BMT Bolalar jamg‘armasining ko‘magida pandemiya sharoitida MTTlarda ish jarayoni qanday tamoyillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar