Bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat mahsulotlar zaxirasi mavjud?

Bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat mahsulotlar zaxirasi mavjud?

Joriy yilning 28 may kuni holatiga bojxona omborlarida qiymati 1,8 mlrd. dollarlik, 1,2 mln. tn. og‘irlikdagi tovarlar saqlanayotgan bo‘lib, ulardan jami 1,2 trln. so‘m bojxona to‘lovlari undirilishi, 3,1 trln. so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz berilishi kutilmoqda.

Shundan, bojxona omborlarida qiymati 40,4 mln. dollariga (83,1 ming tn.) teng oziq-ovqat (shu jumladan bug‘doy) tovarlari saqlanmoqda.

Bular asosan quyidagi mahsulotlardir:

  1. bug‘doy (42,2 ming tn, 8,6 mln. doll.);
  2. shakar (8,4 ming tn, 3,2 mln doll.);
  3. kungaboqar yog‘i (5,1 ming tn, 3,7 mln. doll.);
  4. palma yog‘i (3,8 ming tn, 2,5 mln. doll.);
  5. go‘sht (3,2 ming tn, 3,0 mln. doll.);
  6. un (3,2 ming tn, 840,9 ming doll.);
  7. no‘xat (3,1 ming tn, 669,8 ming doll.);
  8. margarin (2,1 ming tn, 2,2 mln. doll.);
  9. soya, araxis, zaytun yog‘i (1,2 ming tn, 981,2 ming doll.);
  10. kartoshka (888,7 tn, 95,2 ming doll.);
  11. konservalangan sabzavotlar (843,1 tn, 913,7 ming doll.);
  12. makaronlar (718,4 tn, 925,1 ming doll.);
  13. banan (518,2 tn, 207,2 ming doll.);
  14. bio qo‘shimchalar (456,6 tn, 3,9 mln. doll.);
  15. sut mahsulotlari (441,8 tn, 550,9 ming doll.);
  16. bolalar ovqati (231,0 tn, 1,1 mln. doll.);
  17. un mahsulotlari (vafli, pechene va h.z.) (227,2 tn, 371,6 ming doll.);
  18. shokolad (187,9 tn, 497,6 ming doll.);
  19. guruch (173,0 tn, 49,8 ming doll.);

Bojxona omborlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari quyidagi hududiy bojxona boshqarmalari nazorati ostida saqlanmoqda:

  • Toshkent shahrida (38,9 ming tn., 24,0 mln. doll., asosan bug‘doy, kungaboqar yog‘i, go‘sht, ichimliklar, palma yog‘i, banan, margarin, konservalangan sabzavotlar, guruch, sut mahsulotlari, shokolad, un, bolalar ovqati, makaronlar);
  • Sirdaryo viloyatida (18,1 ming tn., 3,9 mln. doll., asosan bug‘doy, no‘xat, un, soya, araxis, zaytun yog‘i, palma yog‘i);
  • Toshkent viloyatida (13,9 ming tn., 6,8 mln. doll., asosan bug‘doy, go‘sht, margarin, palma yog‘i, un, shakar, kungaboqar yog‘i, shokolad);
  • Samarqand viloyatida (4,8 ming tn., 3,5 mln. doll., asosan bug‘doy, kungaboqar yog‘i, soya, araxis, zaytun yog‘i, shakar, margarin, konservalangan sabzavotlar);
  • Farg‘ona (4,0 ming tn., 719,3 ming. doll., asosan bug‘doy, olma, kartoshka, piyoz, sous);
  • Andijon (870,0 tn., 292,2 ming doll., asosan bio qo‘shimchalar va kartoshka);
  • Namangan (865,7 tn., 173,4 ming doll., asosan bug‘doy, un, soya, araxis, zaytun yog‘i, kartoshka, yarim tayyor ovqatlar, bio qo‘shimchalar);
  • Xorazm viloyatida (759,9 tn., 575,5 ming doll., asosan kungaboqar yog‘i, bio qo‘shimchalar, banan, makaron, go‘sht);
  • Navoiy viloyatida (388,6 tn., 104,4 ming doll., asosan kimyoviy tuzlar).
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida (193,4 tn., 125,3 ming doll., asosan un, bug‘doy, baliq);
  • Jizzax viloyatida (62,6 tn., 96,2 ming doll., asosan bug‘doy va kartoshka).

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar