EIga tashrif: O‘zbekistonning investitsiya salohiyati bo‘yicha taqdimoti, ilmiy doiralardagi uchrashuvlar, JST va YeOII bilan hamkorlik

EIga tashrif: O‘zbekistonning investitsiya salohiyati bo‘yicha taqdimoti, ilmiy doiralardagi uchrashuvlar, JST va YeOII bilan hamkorlik

Joriy yilning 18-23 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi (YeI) poytaxtida ishchi safari bilan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori O. Hakimov, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha menejeri O. Olimjonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori G. Ismoilovalar ishtirok etishdi.

Joriy yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov, mamlakatimizning Niderlandiyadagi elchisi Dilyor Hakimovdan iborat hukumat delegatsiyasi Rotterdamdagi gollandiyalik – turk biznesi vakillari uchun O‘zbekistonning investitsiya salohiyati taqdimotini boshladi.

Tadbir o‘rta kichik biznes uyushmasi (MUSIAD) va O‘zbek-Niderland do‘stlik jamiyati (UzNed) ko‘magida tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov, Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyihasi menejeri Odil Olimjonov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori Gulnoza Ismoilovadan iborat hukumat delegatsiyasi Niderlandiyadagi Amersfoort yodgorlik qabristoniga tashrif buyurdi.

Niderlandiyalik yetakchi tarixchi Remko Reyding bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida delegatsiya a’zolari o‘zbek xalqi nomidan bu olim va do‘stining amalga oshirayotgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Tashrif davomida bedarak yo‘qolgan o‘zbek askarlariga hurmat bajo keltirildi va musulmonlarning duolari o‘qildi.

"101 nafar o‘zbek askarlari qabrini ziyorad qildik. Bitta gollandiyalik fuqaro butun ishlarini tashlab, 20 yildan oshiq umrini shularni aniqlashga sarflabdi. Taqsinga loyiq ish", deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

***

Shu kuni Gaaga (Niderlandiya)dagi "Newspoort" xalqaro press-klubida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori Gulnoza Ismailovalardan iborat hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida kengaytirilgan intervyu berishdi.

Eslatib o‘tamiz, tashrif doirasida joriy yilning 18 fevral kuni Bryusseldagi (Belgiya) O‘zbekiston Respublikasining elchixonasida "O‘zbekiston tashqi siyosati: global va mintaqaviy savdo-iqtisodiy tashkilotlar (Jahon savdo va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti) bilan hamkorlikni chuqurlashtirishning manfaatlari, prinsiplari va kutilayotgan natijalari" mavzusida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

O. Hakimov yig‘ilganlarni mamlakatimizning xalqaro maydondagi manfaatlarini ilgari surishda erishgan yutuqlari va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida Hukumat oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar