Jamoat transportlari, buyum bozorlari, sport zallari faoliyatiga ham ruxsat berildi

Jamoat transportlari, buyum bozorlari, sport zallari faoliyatiga ham ruxsat berildi

17 avgustdan hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanishi belgilandi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

20 avgustdan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi.

Yig‘ilishda Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo‘yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi. Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini yengillashtirish, pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga kollektiv immunitet shakllanish jarayonini monitoring qilib borish uchun antitanachalar tahlilini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar