Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi

Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi

“Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash bo‘yicha quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:

  • har bir oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil qilinadi hamda ular uchun soddalashtirilgan yo‘riqnoma ishlab chiqiladi;
  • laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritiladi;
  • aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qilish choralari ko‘riladi;
  • tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi axborot almashish tizimi soddalashtiriladi – hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qog‘ozbozliklar bilan bog‘liq jarayonlar elektron tizimga o‘tkaziladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar