O‘zbekiston aholisi 34 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 34 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 18 fevral soat 15:42 holatiga ko‘ra, 34 002 881 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

O‘zbekiston aholisining 17 093 248 nafari erkaklar, 16 909 633 nafari esa ayollar tashkil qiladi.

2020 yil boshidan beri 127 387 kishi tug‘ildi, 29 193 kishi vafot etdi. Respublikaga 23 617 kishi ko‘chib keldi, 24 729 kishi O‘zbekistonni tark etdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar