O‘zbekistonda ilk bor Buy Back dasturi orqali avtomobil sotib olish mumkin

O‘zbekistonda ilk bor Buy Back dasturi orqali avtomobil sotib olish mumkin

Buy Back dasturi – endi O‘zbekistonda. Mahalliy avtobozor tarixida ilk bor iste’molchilarga AQSh va Yevropada o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgan avtomobilni qayta sotib olish dasturi taklif etilmoqda. "UzAuto Motors"ning sinov loyihasida eng talabgir modellardan biri – Chevrolet Tracker MT qatnashadi.

2020 yil 31 avgustgacha istalgan shaxs, depozit sifatida Tracker umumiy qiymatining 30 foizini to‘lab, mashhur avtomobil rusumini sotib olishi va avtoni o‘sha kuniyoq olib ketishi mumkin. Keyin, ikki yil davomida avtomobil shartnoma narxining yana 30 foizi to‘lanadi, keyin esa (diqqat qiling!) mijozga to‘rtta yo‘ldan birini tanlash imkoni beriladi:

  1. 2020 yilda xarid qilingan Trackerni yangisiga yoki “UzAuto Motors”ning istalgan mavjud modeliga shartnomada ko‘rsatilgan shartlarda almashtirish;
  2. Qolgan summani kiritish va Trackerni o‘z tasarrufiga olish;
  3. Trackerning qoldiq summasini yana bir yil davomida to‘lab borish;
  4. Avtomobilni qaytarish va Tracker qiymatining 30 foizi miqdoridagi, shartnoma tuzilgan paytida kiritilgan depozitni qaytarib olish.

Shunday qilib, depozitga avtomobil qiymatining 30 foizinigina kiritib va ikki yil davomida o‘rtacha kuniga 137 700 so‘m sarflab, yangi Tracker avtomobilining barcha afzalliklaridan miriqib foydalanish va avvalgi modelni sotish bilan bog‘liq barcha muammolarni unutish mumkin bo‘ladi.

Buy Back dasturi doirasidagi Trackerning so‘mdagi shartnoma qiymati shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida indeksatsiya qilinmaydi, inflyasiya sur’atidan qat’iy nazar, o‘zgarmas holda qoladi. Oylik to‘lovlar har yangi to‘lov bilan kamayib boradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar