Toshkent davlat yuridik universitetida bitta talabaning o‘qishi uchun qancha mablag‘ sarflanadi

Toshkent davlat yuridik universitetida bitta talabaning o‘qishi uchun qancha mablag‘ sarflanadi

Bugungi kunda bir nafar talabaning Toshkent davlat yuridik universitetida bir yil davomida o‘qishi uchun 14 million 600 ming so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi.

Talaba to‘layotgan shartnoma puli unga sarflanayotgan mablag‘ning 66 foizini qoplaydi. 66 foizdan qolgan qismni qoplash uchun universitet 1 yilda qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ sarflaydi. Hozirda mazkur universitet shartnoma puli 9 million 700 ming so‘mni tashkil qiladi. Ushbu ma’lumotlarni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov Xalqaro-press klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

Rahimjon Hakimovning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma pulini to‘lay olmaydigan talabalar uchun Vazirlar Mahkamasining joriy yil yanvar oyida qabul qilgan qaroriga asosan moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shartnoma pulini yarmini to‘lash imkoniyati beriladi. Pandemiya davrida boquvchisini yo‘qotgan talabalarga yordam beriladi.

Shuningdek, yangi talabalar uchun banklar orqali imtiyozli kreditlar ajratish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar