USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi

USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va unga bog‘liq tarmoqlarda xususiy sektorning o‘sishiga yordam beruvchi, umumiy qiymati 18,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihasi o‘z faoliyatini boshlaganligini e’lon qildi, deya xabar berdi AQShning respublikadagi elchixonasi matbuot xizmatiga tayanib Gazeta.uz.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlarining miqdorini ko‘paytirish, aholining zaif qatlamlarini, shu jumladan, yoshlarni va ayollarni jalb qilish, ta’lim muassasalarining xususiy sektor talablari bilan bog‘lanishini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratilishiga qaratilgan.

USAID mamlakatning xususiy sektori bilan hamkorlikda investitsiyalarni ko‘paytirish va agrobiznes samaradorligini oshirishda ko‘maklashish bilan bir qatorda, ularning sarxil va qayta ishlanmagan mahsulotlariga qo‘shimcha qiymat qo‘shish imkoniyatlarini ham oshiradi.

Yangi loyihaning amal qilish muddati — besh yil. Loyiha shahar va qishloq joylarida amalga oshirilib. asosiy e’tibor mintaqaviy va xalqaro savdo hamkorlariga qaratilishi mumkin.

Dastur haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va USAID ma’muri yordamchisi Gloriya Stilning videokonferensiyasida ma’lum bo‘ldi. Agentlik O‘zbekistonda moliyalashtirishni ko‘paytirish hamda energetika, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar