Uydan chiqmay turib qayerga borish mumkin?

Uydan chiqmay turib qayerga borish mumkin?

Har birimiz hozirgi davr sayohatlar uchun eng qulay vaqt emasligini tushunib turibdi. Biroq aynan shuning uchun Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati COVID-19 haqidagi yangilik va tavsiyalar qatorida, uydan chiqmay sayohat qilishga mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot berdi.

Qolaversa, bu yangi joylarni o‘rganish va kelgusi sayohatlarni rejalashtirishning qulay usulidir. Olam qiziqarli safarlar uchun o‘z quchoqlarini yana ochgan chog‘da siz sayohatlar uchun shay turasiz.

Shunday qilib, bugun Toshkent politexnika muzeyiga yo‘l oldik. Buning uchun siz ushbu manzil haqidagi qisqa hikoyamizni o‘qigandan keyin havolani bossangiz yetarli.

🔸 Toshkent politexnika muzeyi poytaxt muzeylari orasida nisbatan yoshidir. U 2015 yilning noyabr oyida ochilgan.

🔸 Muzey ekspozitsiyasi uchta bo‘limdan iborat: “Jahon avtomobilsozlik tarixi”, “O‘zbekiston avtomobilsozlik tarixi” va “Interaktiv amaliyot”.

🔸 Retro avtomobillar ixlosmandi bo‘lsangiz, ushbu muzeyga albatta tashrif buyuring. Hozircha esa virtual sayohat yordamida siz afsonaviy “Wolksvagen Juk”ni hamda bizga azaldan tanish bo‘lgan “Chayka” kabi avtomobillarni ko‘rishingiz mumkin. Ular dunyo avtomobillari bo‘limida namoyishga qo‘yilgan.

🔸 O‘zbek avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini o‘z ichiga olgan muzeyning ikkinchi bo‘limida Daewoo konveyeridan chiqqan turli rusumdagi avtomobillarni va mashhur “Neksiya-2” mashinasini ko‘rishingiz mumkin!

🔸 Ushbu bo‘limning yana bir o‘ziga xos jihati to‘liq ochiq holatda namoyish qilinayotgan Chevrolet Spark avtomobilidir. Muzey xodimlari astoydil kirishib, Spark avtomobilini eng mayda qismlargacha ajratib, ajoyib kompozitsiya barpo etdilar va bularning barchasini umumiy tomosha uchun taqdim etdilar. Agar siz Chevrolet Spark avtomobilining egasi bo‘lsangiz, sizga politexnika muzeyiga tashrif buyurish va avtomashinaning bunday noodatiy, ochiq holda ko‘rish qiziqarli bo‘ladi. Lekin bundan avval muzeyga virtual sayohat qilib, uni 360 daraja ko‘rinishida tomosha qiling!

🔸 Shuningdek, yaqin kunlarda muzey Bugatti'ning ilk mashinalaridan birining noyob modeli bilan to‘ldirildi va u e’tiboringizni tortmay qolmaydi!

Tezroq bularni ko‘rmoqchimisiz? Uyali aloqa telefoningiz yoki kompyuter yordamida havola orqali o‘ting va virtual sayrdan bahramand bo‘ling:

https://uzbekistan360.uz/ru/location/politehniceskij-muzej-vuoK.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar