Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar