Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri: O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalar

Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri: O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalar

2020 yil oxiriga qadar koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy va boshqa davlatlar bilan o‘zaro savdoning qisqarishi tufayli O‘zbekiston iqtisodiyoti 960 million AQSh dollaridan ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin.

Mamlakat byudjeti bir necha jihatdan zarar ko‘rishi mumkin. Xususan, importga qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar 2,9% dan 1,5% gacha, bojxona to‘lovlari 0,4% dan 0,2% gacha, aksiz solig‘i bo‘yicha esa 0,1% dan 0,05%ga tushishi mumkin. 2019 yilda mazkur to‘lovlar asosida respublika yalpi ichki mahsuloti 58,3 milliard dollarni tashkil etgan. Mana shu natijaga tayanib hisob-kitob qilinsa, yo‘qotishlar 960 million dollardan oshadi.

O‘tgan yili Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkoriga aylanib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 18% ni tashkil etgan edi. Tovarlar almashinuvi esa 7,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston energiya vositalari va neft mahsulotlari, to‘qimachilik mahsulotlarini Xitoyga eksport qiladi, mashina hamda uskunalarni, kimyo sanoati mahsulotlarini import qiladi. Ushbu holatda esa COVID-19 epidemiyasi iqtisodiyotning barcha sohalariga salbiy ta’sir qiladi.

Xususan, ishlab chiqarish jarayonidagi salbiy ta’sirlardan biri sanoat korxonalariga xom ashyo va asbob-uskunalarni asosiy yetkazib berishda Xitoy ulushining kamayishi bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur vaziyat tadbirkorlik sohasiga ham salbiy ta’siri o‘tkazadi. O‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 531 ta korxona tashkil etilgan edi. Joriy yilda esa ushbu ko‘rsatkichga erishib bo‘lmaydi.

Xitoylik sayyohlar sonining kamayishi esa turizm sohasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.

Soliq to‘lovchi katta korxonalarga soliqlar bo‘yicha prognozlarni qayta ko‘rib chiqish, ushbu rejalarni bajarish uchun davlat tomonidan ularga qanday yordam talab etilishini ko‘rsatish tavsiya qilinadi.

BMT Taraqqiyot dasturi eksperti, iqtisod fanlari doktori

Sergey Voronin

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar