Aholi tomonidan xorijiy valyuta sotib olish 3 barobarga oshdi

Aholi tomonidan xorijiy valyuta sotib olish 3 barobarga oshdi

2020 yili yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan jami miqdori 3,901 mlrd AQSh dollariga teng chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar (sotish va sotib olish) amalga oshirilgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 57 foizga yoki 797 mln dollarga oshdi (2019 yili — $1,399 mlrd). Faqatgina aprel oyida chet el valyutasini sotish hajmi sezilarli daraja tushib ketganini (172 mln dollar) ko‘rish mumkin.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 1,7 mlrd dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida — $557 mln).

Ta’kidlanishicha, natijada ushbu operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo 491 mln dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 351 mln dollarga (yoki 42 foizga) kamaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar