Banklar omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi

Banklar omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yo‘lga qo‘ydi

Bugunga kelib, barcha tijorat banklari jismoniy shaxslar uchun kredit ta’tili e’lon qildi. 9 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham banklar shu kabi oddiy, lekin aholida ishonch va hurmat uyg‘otadigan yana ko‘plab tashabbuslar bilan chiqishi maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, “Masalan, muddati tugagan omonatlarning muddati uzaytirilib, bu haqda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsa, karantin vaqtida uyida o‘tirgan aholiga qulaylik yaratiladi"deb ta’kidlangan yig‘ilishda.

Banklar tomonidan omonatchilardan hech narsa talab qilinmasdan – shartnomani bir tomonlama barcha shartlari, shu jumladan, omonat foizini saqlangan holda uzaytirish amaliyotini yo‘lga qo‘yilishi boshlab berildi.

Bugungi kunga kelib, ushbu amaliyotni joriy qilgan banklar:

  1. Ipotekabank;
  2. O‘zSanoatqurilishbank;
  3. Infinbank;
  4. Asakabank;
  5. Agrobank;
  6. Oriyent Finans bank;
  7. Hamkorbank.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar