Bog‘chalar, bozorlar, dam olish maskanlari, sartaroshxonalar va restoranlar faoliyati to‘xtatiladi

Bog‘chalar, bozorlar, dam olish maskanlari, sartaroshxonalar va restoranlar faoliyati to‘xtatiladi

Quyidagi faoliyat turlarini to‘xtatish bo‘yicha cheklov joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi:

  • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
  • sport zallari, fitnes klub, trenajer, basseynlar;
  • umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona. Yetkazib berish xizmati bundan mustasno);
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
  • sanatoriylar (koronovirus infeksiyasidan davolangan va reabilitatsiya o‘tayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;
  • sartaroshxona va go‘zallik salonlari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar