Yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.
Bugun, 28 aprel kuni, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Yuksalish" umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning Ittifoqda "kuzatuvchi davlat" maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Ushbu qaror bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.
Izoh qoldirish