Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi

Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari.

Belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari doirasida, jumladan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.

Farmon bilan 29 ta namunaviy tuman (shahar)larda 2020 yilda va 2021 yil I choragi yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.

2020 yil 1 noyabrdan investitsiya loyihalari hamda jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablag‘larining 5 foizdan kam bo‘lmagan qismi "raqamli" komponentlarga yo‘naltiriladi.

Farmonga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda Adliya vazirliklari va ular tasarrufidagi tashkilotlarda “Raqamli idora” loyihasi amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida, jumladan, 2022 yil 1 yanvarga qadar qog‘ozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda barcha ma’muriy tartib-taomillar va operatsion jarayonlar raqamlashtiriladi.

  • 2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar