Markaziy bank uy-joy xarid qilishda subsidiya olish bo‘yicha qaror qancha muddatga amal qilishi bo‘yicha ma’lumot berdi

Markaziy bank uy-joy xarid qilishda subsidiya olish bo‘yicha qaror qancha muddatga amal qilishi bo‘yicha ma’lumot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi "Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 182-sonli qaroriga asosan uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma kalendar yil yakuniga qadar amal qiladi. Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Shuningdek, ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra, 30 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiyalar soni tugaganligi sababli subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan talabgorlar keyingi yil uchun subsidiya oluvchilar ro‘yxatiga avtomatik tarzda kiritiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar