Markaziy bank valyuta kurslarini e’lon qildi
Markaziy bank 10 avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro ko‘tarildi.
Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 10 avgustdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 21,85 so‘mga ko‘tarilib, 10 231,71 so‘mni tashkil qildi. Yevro 38 so‘mga ko‘tarilib, 12 059,09 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 4 avgustdan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 2,17 so‘mga ko‘tarilib, 10 209,86 so‘mni tashkil qildi. Yevro 125,05 so‘mga ko‘tarilib, 12 021,09 so‘m bo‘ldi.
Izoh qoldirish