Misrning farmatsevtik kompaniyasi O‘zbekistonga 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi

Misrning farmatsevtik kompaniyasi O‘zbekistonga 20 mln. dollar investitsiya kiritmoqchi

4 mart kuni Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov va Misrning Solyphar farmatsevtik kompaniyasi rahbari Umar Abd al-Alim o‘rtasida “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida maxsus loyihani amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Loyiha uch bosqichda, 80 ming kvadrat metr maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarishga qariyb 20 mln. dollar investitsiya yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

4 mart kuni Misr farmatsevtika kompaniyasi vakili bilan O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar