O‘rganilgan kamchiliklar bartaraf etilsa, so‘xliklarning 18 ming nafari ishli bo‘ladi

O‘rganilgan kamchiliklar bartaraf etilsa, so‘xliklarning 18 ming nafari ishli bo‘ladi

Bosh vaziri Abdulla Aripov joriy yilning 1-3 iyun kunlari So‘x tumaniga tashrif buyurib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mavjud muammolarini bartaraf etish bӯyicha topshiriqlar belgilab bergan edi.

Tumanga Respublika ishchi guruh vakillari ham tashrif buyurishdi. Ular tomonidan mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, tizimli hal etilishi bӯyicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Tumandagi dolzarb bo‘lgan muammolardan biri ichimlik va sug‘orish suvi ta’minotidagi kamchiliklar hisoblanadi.

Respublika ishchi guruhi tumandagi 4 ta sektor rahbarlari bilan birgalikda joylarda fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolar o‘rganib chiqdi. Natija shuni ko‘rsatmoqdaki, tumandagi 12 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi tomorqalarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash bevosita Qirg‘iziston Respublikasi hududidan oqib keladigan ariqlarga bog‘liq. Shu sababli suv yetkazib berishda jiddiy muammolar kelib chiqib, aholi tomorqalariga ekin ekish masalasida ancha qiyinchiliklarga uchramoqda.

O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, 4642 ta xonadonning 481 gektar tomorqa maydonlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlash uchun 11 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida 13 dona tik sug‘orish quduqlari qurish va Sharqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1 dona ichki nasos agregatini rekonstruksiya qilish talab etiladi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida 5 mingga yaqin aholi xonadonlarining 481 gektar tomorqa maydonlari kafolatli suv bilan ta’minlanib, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishga imkoniyat yaratilishi bilan birga 18,0 mingdan ortiq aholi bandligini ta’minlashga erishiladi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun 5,4 mlrd so‘m mablag‘ talab etilishi mutaxassislar tomonidan hisoblab chiqildi.

So‘x tumanidagi mavjud muammolar bartaraf etilsa, fuqarolarning manfaatdorligi oshadi. Shu bilan birga yerdan samarali foydalanish tizimi ham asosli yӯlga qӯyilib, fuqarolarning qӯshimcha daromad topishlari uchun zamin yaratiladi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona viloyatida 2019 yil yanvar-dekabrda aholini 1492,5 nafari doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan. Bulardan 28,6 nafari So‘x tumani aholisi. Viloyatning doimiy aholisi 3717,6 nafarni tashkil qiladi. Shundan 76,9 nafari So‘x tumaniga to‘g‘ri kelmoqda. So‘x tumanida ishsizlik darajasi 9,9 %ni tashkil etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar