O‘zbekiston 13 ta davlatga uzum eksport qildi

 O‘zbekiston 13 ta davlatga uzum eksport qildi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, qiymati 46,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 51 ming tonnadan ziyod uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 ming tonnaga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport qilingan uzum mahsulotining eng ko‘p ulushi Farg‘ona (15,3 ming tonna), Toshkent (9,6 ming tonna), Namangan (7,2 ming tonna), Xorazm (3,6 ming tonna) va Qashqadaryo (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot o‘rnida, yurtimiz bog‘larida yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 22,8 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 20,6 ming tonna va Qirg‘iz Respublikasiga 7,1 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar