O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon qanchaga ko‘paydi?

O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon qanchaga ko‘paydi?

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 34 036,8 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 131,6 ming kishiga yoki 0,4 % ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 % ni tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 11,1 % ni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 % ni va Andijon viloyatida 9,2 % ni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra Respublika doimiy aholisi sonining 30,8 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar