O‘zbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gilos Koreyaga yetkazildi

O‘zbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gilos Koreyaga yetkazildi

27 may kuni "Uzbekistan Airways" AJning charter yuk reysi orqali mamlakatimiz bog‘bonlari tomonidan yetishtirilgan 20 tonna gilos Inchonga yetkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Mahsulot Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi "UZ SEGANG LLC" kompaniyasi tomonidan eksportga jo‘natilgan. Janubiy Koreyaning "Sunfinite Co.LTD" kompaniyasi vakillari yukni qabul qilib oldi.

O‘zbek giloslari savdo tarmoqlari orqali ushbu mamlakat supermarket va bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga eksport hajmini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar