O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar AQSh va BAAga ham eksport qilinmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar AQSh va BAAga ham eksport qilinmoqda

O‘zbekistondan yil boshidan buyon 27 mln 978 ming AQSh dollari qiymatidagi 23 mln. 656 ming juft poyabzallar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi, deb xabar qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Joriy yilda eksport qilingan poyabzallar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 91 foizga oshgan.

Shuningdek, 2020 yilda poyabzallarning Tojikistonga eksporti 4,5 barobarga, Afg‘onistonga eksporti 4,4 barobarga, Qozog‘istonga eksporti salkam 2,1 barobarga, Turkmanistonga eksporti 1,8 barobarga va Qirg‘izistonga eksporti 1,1 barobarga oshgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzallar eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yilda AQSh, BAA, Quvayt, Latviya va Moldova ham qo‘shildi.

O‘zbekistondan poyabzal eksport qilingan davlatlar soni 12 tani tashkil qilib, ular qatorida Rossiya va Ozarbayjon ham bor.

Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga joriy yilda respublikamizga poyabzal importi miqdor jihatidan salkam 4 mln. juftga, ya’ni 74 % ga qisqardi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar