O‘zbekistonda kasallik aniqlangan ilk bemor haqida ma’lumot berdi

O‘zbekistonda kasallik aniqlangan ilk bemor haqida ma’lumot berdi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing bo‘lib o‘tdi.

Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda dastlabki qayd etilgan bemor haqida ma’lumot berdi:

"Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni o‘z xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgan. O‘sha mehmondorchilikda qatnashganlardan 13 kishida bugungi kunda bu kasallik qayd etildi. U bilan samolyotda 250 kishi kelgan, aeroportda tushganidan keyin shaxsiy avtomobilida ham oila a’zolariga yuqtirgan. Keyin ishiga chiqqan va ish joyida 80 nafar xodim va 42 nafar bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Bu zanjir davom etadi. O‘sha muloqotda bo‘lganlar ham o‘z navbatida oila a’zolari yoniga qaytadilar, kundalik hayotdagi ishlarini bajaradilar, do‘kon, sartaroshlarga kiradilar.

Ya’ni, bu o‘rinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkin", dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar