O‘zbekistonda rasmiy nishonlanadigan bayramlar soni bittaga ko‘paydi

O‘zbekistonda rasmiy nishonlanadigan bayramlar soni bittaga ko‘paydi

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21 oktyabr sanasini "O‘zbek tili bayrami kuni" deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif Prezident tomonidan ma’qullangan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar