O‘zbekistondan bolalar o‘yinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 taga yetdi

O‘zbekistondan bolalar o‘yinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 taga yetdi

Respublikamiz bojxonachilari yil boshidan buyon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 5 mln 229 ming AQSh dollari qiymatidagi bolalar o‘yinchoqlarini eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga ko‘p demakdir, deb xabar qilmoqda Davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Joriy yilda o‘yinchoqlarning Ozarbayjonga eksporti 9 barobarga, Tojikistonga eksporti 1,8 barobarga, Qozog‘istonga eksporti 1,7 barobarga oshgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar o‘yinchoqlarini ushbu yilda ilk bora Afg‘oniston, Moldova va Isroilga eksport qilindi.

O‘zbekistondan bolalar o‘yinchoqlari eksport qilingan davlatlar soni 12 tani tashkil qilib, ular qatorida AQSh, Fransiya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Qirg‘iziston kabi davlatlar ham bor.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar