O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida nechi kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida nechi kun dam oladi

Prezident farmoniga ko‘ra haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar ham – 30-31 avgust hamda 1 sentyabr kunlari (3 kun) dam oladi.

Xususan:

  • 30 avgust (yakshanba) – kalendar bo‘yicha dam olish kuni;
  • 31 avgust (dushanba) – 29 avgust (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 1 sentyabr (seshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni.

29 avgust — shanba 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar uchun ham ish kuni hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar