Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar jalb qilinadi

Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun grantlar jalb qilinadi

Qaror bilan Koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish chora-tadbirlari uchun grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi tasdiqlandi va uning eng muhim vazifalari belgilandi.

Yo‘l xaritasidagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlar xarid qilishning jadallashtirilgan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muvofiqlashtiruvchi guruhning vazifalaridan hisoblanadi.

Qaror bilan qator vazirliklar qarz mablag‘larini jadal jalb qilish, ulardan samarali va maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ul ijro etuvchi agentliklar etib belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar