Sardobadagi toshqindan talafot ko‘rgan aholi va tadbirkorlikning banklardan qarzi 6 oygacha uzaytirildi

Sardobadagi toshqindan talafot ko‘rgan aholi va tadbirkorlikning banklardan qarzi 6 oygacha uzaytirildi

Bugungi kunga qadar «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokatda yo‘qotilgan jami 1349 nafar fuqaroning biometrik pasporti tiklandi. Qayta o‘rganish natijasida 1116 nafar fuqaroning pasporti topildi. Hozirgi kunda 983 nafar fuqaroning pasportlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda 13 may kuni AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlariga bag‘ishlangan navbatdagi brifingda aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, 818ta tug‘ilganlik va 12ta o‘lim haqidagi, 291ta nikoh guvohnomalari tiklandi.

Toshqindan talafot ko‘rgan 13 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining banklardan mavjud 186,2 mlrd. so‘mining qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirib berildi.

Jami 5,549 pensionerning 3,9 mlrd. so‘mlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida to‘liq yetkazib berildi.

Toshqindan talofat ko‘rgan 541 uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan.

Hududlarni aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlash ishlariga 100 ortiq soha, 200 nafarga yaqin harbiy aloqa mutaxassislari va 15ta maxsus texnika jalb qilingan.

Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli uzilgan 44ta mobil aloqa baza stansiya faollashtirildi. Suv ostida qolgan 12ta, jami 56ta (97 foiz) mobil baza stansiyaning faoliyati qayta tiklandi.

E’tiborlisi, uzilishlar yuzaga kelgan hududlarda o‘rnatilgan mavjud jami 86ta baza stansiyalarining 84tasi (98 foiz) faol holatda ishga tushirildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar