Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda “Yil odami” deb e’tirof etildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda  “Yil odami” deb e’tirof etildi

Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Ozarbayjonda nashr etiladigan “Tarixiy shaxslar” xalqaro jurnalining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yil odami” deb e’tirof etilishi hamda umuman O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

"Tarixiy shaxslar" xalqaro jurnalining Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamda Elchixona huzuridagi Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniy markazi ko‘magida chop etilgan rus tilidagi maxsus sonida, jumladan, shunday so‘zlar keltirilgan:

"Tarixiy an’analarni tiklash yo‘lidagi sermahsul faoliyati, O‘zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy nufuzini jahon miqyosida oshirishdagi mislsiz sa’y-harakatlari, shuningdek O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Ozarbayjonning "Tarixiy shaxslar" xalqaro jurnali Tahrir hay’ati a’zolarining yakdil qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda "Yil odami" deb e’tirof etildi".

Ta’kidlash joiz, Ozarbayjonda 2006 yildan buyon chop etiladigan ushbu jurnal an’anaviy ravishda davlat rahbarlari va taniqli davlat arboblari orasidan “Yil odami”ni e’lon qilib keladi. Hozirgacha bunday sharafli nomga Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin singari shaxslar sazovor bo‘lgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar