Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov koronavirusdan tez va oson qutulish yo‘lini aytdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov koronavirusdan tez va oson qutulish yo‘lini aytdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tuman hokimligida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashib, sog‘lom turmush tarzining foydali jihatlari haqida gapirdi.

— Koronavirus infeksiyasi kishilarning sog‘lig‘i, hayotiga xavf solayotgan bir paytda hammani virusdan zararlanganda qanday qilib undan tez va oson qutulish mumkin, degan savol qiynamoqda, — dedi A.Shadmanov. — Muammoning yagona va eng samarali yechimi sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Bu nafaqat virusdan himoyalanish, balki uzoq va baxtli hayot kechirishning ham eng asosiy qoidasi, talabi hisoblanadi. Kasallikning kuchli asoratlari va o‘lim holatlari asosan yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, o‘pkaning surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki ortiqcha vaznga ega bo‘lgan, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilgan, kamharakat insonlarda uchramoqda. Shuni unutmasligimiz kerakki, kasallikning yengil kechishi yoshga bog‘liq emas, katta yoshda bo‘lsa ham to‘g‘ri ovqatlanadigan, jismoniy faol bo‘lgan, semizligi va diabeti bo‘lmagan insonlarda kasallik ancha yengil kechadi.

Qayd etilishicha, sog‘lom turmush tarzining asosi esa — jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanishdir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi xastaliklardan butunlay yiroq bo‘ladi. Ortiqcha vazn esa, kasalliklar uyasidir.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar