So‘x tumani uchun 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratiladi

So‘x tumani uchun 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratiladi

“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

2020 yil 20 iyunga qadar sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimoti, shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga Davlat buyurtmasi parametrlarining ta’lim tillariga qarab taqsimoti tasdiqlanadi.

Qarorga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari xususiyatidan kelib chiqqan holda bitiruvchilarga asosiy hamda qo‘shimcha kvalifikatsiya berish tartibi ishlab chiqiladi.

“Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab “130 000 – Matematika” ta’lim sohasi bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari to‘liq davlat granti asosida shakllantiriladi.

2020/2021 o‘quv yilida davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar