Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionatining milliy bosqichida ishtirok eting

Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionatining milliy bosqichida ishtirok eting

Innovatsion rivojlanish vazirligi va The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) jamg‘armasi Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati – Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) milliy saralash bosqichini e’lon qiladi. Tanlov startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ular g‘oya bosqichida ham, rivojlanish bosqichida ham bo‘lishi mumkin. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova xabar qildi.

Tadbirning maqsadi

Tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati finalida ishtirok etish uchun istiqbolli innovatsion loyihalarni saralash, mamlakatning innovatsion iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun istiqbolli loyihalarni aniqlash, innovatsion tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yoshlar qatlamini shakllantirish va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar ishtirokida interfaol seminarlarni tashkil etish.

Kutilayotgan natija

Musobaqa ishtirokchilarga o‘z loyihalarini xalqaro miqyosda namoyish etish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Musobaqa ishtirokchilariga o‘z loyihalarini xalqaro miqyosda namoyish etish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Musobaqaning jahon miqyosidagi final bosqichida 3 ta eng yuqori o‘rinnni egallaganlarga mukofot jamg‘armasi 1 mln. AQSh doll. (in cash) miqdoridagi mablag‘lar, shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan ishtirokchilarga hamkorlardan bonuslar va maxsus takliflar ko‘rinishida 70 mln. AQSh doll. (in kind) qiymatidan ortiq mukofotlar bilan taqdirlash rejalashtirilgan. AQSh doll. (in kind) ortiq mukofotlar beriladi.Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tgan har bir a’zo 25 ming AQSh dollari (in kind) qiymatidagi hamkorlarning (Google Cloud, Amazon Web Services, Hubspot, Stripe va boshqalar) onlayn xizmatlariga obuna bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, musobaqa ishtirokchilari EWC tanlovi ko‘magida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ustozlik darslarida qatnashish, biznes aloqalarini kengaytirish, loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Qoidalar

Musobaqa Milliy saralash bosqichida ishtirok etish uchun startap loyihalarini tanlash jarayoni EWC xalqaro tanlovining tasdiqlangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Xususan, loyihaning konsepsiyasi, loyihaning dolzarbligi, innovatsionligi, komandalar malakasi va tayyorgarligi darajasi mezonlari asosida baholandi.

Joriy yilda butun dunyoda COVID-19 pandemiyasining tarqalishi munosabati bilan Tanlovga ariza berish va tanlovni o‘tkazish onlayn platformada (https://entrepreneurshipworldcup.com/) amalga oshiriladi.

Musobaqa bosqichlari:

● Entrepreneurship World Cup (EWC) platformasida 9 avgustgacha startap loyihalar ro‘yxatdan o‘tkaziladi (https://signup.entrepreneurshipworldcup.com/ewc/signup).

● Tanlovning milliy bosqichi onlayn tarzda 2020 yil avgust-sentyabr oylarida o‘tkaziladi.

● Tanlovning milliy bosqichi g‘oliblari 2020 yil 18-20 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro finalda o‘z loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar