Tijorat banklarida bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini baholash tizimi joriy qilinmoqda

Tijorat banklarida bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini baholash tizimi joriy qilinmoqda

“2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi”ga muvofiq, Markaziy bank boshqaruvi tomonidan “Tijorat banklarida bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini baholash uslubiyoti” tasdiqlandi.

“Mazkur uslubiyot asosida Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari iste’molchilari orasida davriy so‘rovlar o‘tkazish orqali banklarda xizmat ko‘rsatish sifati baholab boriladi va ularning natijalari asosida banklarning reytingi shakllantiriladi hamda Markaziy bank rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ommaga e’lon qilinib boriladi”, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Ushbu instrument banklarning xizmat ko‘rsatish borasida zaif nuqtlarini aniqlashga hamda mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga va banklarning o‘z majburiyatlariga bo‘lgan javobgarlik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar