UzAuto Motors yana bir yangi aksiyani yo‘lga qo‘ydi

UzAuto Motors yana bir yangi aksiyani yo‘lga qo‘ydi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu 1,5 hamda Tracker AT avtomobillarini muddatli to‘lov shartlari asosida uydan chiqmasdan onlayn rejimda xarid qilishni taklif qilmoqda.

"Agar Sizda ushbu avtomobillarning 60 foiz summasini to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lsa, uning qolgan summasini 1,5 yil davomida foizsiz shartlarda bo‘lib to‘lash imkoni bor.

Buning uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilish kifoya, ular sizga ushbu avtomobillarni uydan chiqmasdan turib rasmiylashtirish imkoniyatini taqdim etadi", deyiladi xabarda.

Kompaniya to‘lov amalga oshirilganidan so‘ngavtomobilni dilerlar tomonidan xaridorning uyigacha yetkazishni ta’minlamoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar