"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturning Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament qo‘shma majlisi va tashkiliy yig‘ilishlarida belgilangan ustuvor vazifalar asosida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Davlat dasturi umumiy kiymati 18,2 trln so‘m va 10,3 mlrd AQSh dollariga teng loyihalarni qamrab oladi.

Shulardan:

Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli fondlar hisobidan – 12.9 trln. so‘m

Ijrochilar va banklar hisobidan – 2 trln. so‘m

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va grantlar hisobidan – 3.3 trln so‘m va 10.3 mlrd AQSh dollar.

Dasturni iqtisodga oid qismi 15 ta bo‘lim, va 103 bandni o‘z ichiga oladi.

Narx-navo doimiy nazoratda bo‘ladi:

3.1 Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va narx-navoning barqarorligini va inflyasiya darajasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmasligini ta’minlash.

  • - inflyasion targetlash tizimiga o‘tish, ekonometrik modellashtirish instrumentlarini keng qo‘llash, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimi (forecasting and policy analysis)ni to‘liq tatbiq etish orqali iqtisodiy o‘sish va inflyasiya muvozanatini ta’minlash, tashqi xavf-xatarlarni, pul-kredit va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini tizimli baholash nazarda tutiladi.

Xalq puli to‘g‘ri sarflanadi:

3.2. Moliya tizimini isloh qilish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, qo‘shimcha imkoniyat va manbalar hisobidan byudjet defitsitini kamaytirish.

  • - Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo‘naltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (public investment management assessment) tizimini joriy etiladi.

Yashirin iqtisodiyot hajmi kamayadi:

3.3. Soliq islohotlarini amaliyotga samarali joriy etish, soliq ma’muriyatchiligini shaffof yo‘lga qo‘yish, soliq yukini kamaytirish hamda soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish.

  • - Jahon banki o‘tkazgan savolnomada 15% tadbirkorlar yashirin iqtisodiyot tomonidan raqobat faoliyatlaridagi eng asosiy to‘siqlardan biri degan.
  • - Xorijiy mutaxassislar ishtirokida “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini tahlil qilish va unga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash nazarda tutilgan.

Energiya sarfini kamaytirishga chaqiruv (Call for action):

3.4. Iqtisodiyot tarkibini yanada diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish, birinchi navbatda, mahalliy mineral xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish tannarxini va energiya sarfini kamaytirish.

  • - Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlarda nazorat va ma’lumotlar yig‘ish tizimini (supervisory control and data acquisition), energiya menejmenti tizimini (energy management systems) hamda boshqa turdagi axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish nazarda tutilgan.

Infrasturktura yaratiladi:

3.6. Hududlarni kompleks rivojlantirish, mustahkam va barqaror zamonaviy ishlab chiqarish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish.

  • - infratuzilmasini rivojlantirish, bunga respublika va mahalliy byudjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmini yo‘naltirish;
  • - 2020-2022 yillarda markazlashgan manbalar hisobidan
    • o yo‘l qurilishiga 2,8 trln so‘m,
    • o suv tarmoqlariga - 2,7 trln so‘m,
    • o elektr tarmoqlariga - 18,2 trln so‘m,
    • o tabiiy gaz ta’minotiga - 1,2 trln so‘m mablag‘ ajratish.

Har qaysi tarmoq ishiga baho berish osonlashadi:

3.7. Hisobga olish va statistika tizimini takomillashtirish.

  • - 2020 yilda “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqiladi, unda milliy statistika tizimini tashkil etish, statistika ma’lumotlarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va e’lon qilish talablarini o‘rnatish aniq qilib belgilanadi.

Kichik biznesga e’tibor yanada kuchayadi:

3.8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan ishbilarmonlik muhitini yaratish.

  • - “Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi;
  • - monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Oliy Majlisga hisobdorligini oshiriladi hamda yilda kamida ikki marta qo‘mitaning hisobotini eshitish amaliyotini joriy qilinadi;
  • - subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini qayta ko‘rib chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarni faqat Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xulosasini olgan holda kiritish amaliyotini joriy qilinadi;
  • - tadbirkorlar uchun yer uchastkalariga oid ma’lumotlarni ochiq va haqqoniy yetkazish tizimini takomillashtiriladi.

Bank zamonaviylashadi, ish onlayn ravishda bitadi:

3.9. Bank tizimini isloh qilishni davom ettirish, aholi va xo‘jalik sub’yektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish,tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish.

  • - bank tizimida inson omilini cheklagan holda raqamli texnologiyalar keng qo‘llaniladi;
  • - “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushiriladi;
  • - Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yo‘nalishlar kesimida biznes loyihalar bazasini shakllantiriladi.

Yo‘llar sifati oshadi, tirbandlik kamayadi, vaqt va mashina ta’mir puli tejaladi:

3.10 Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida ishlar sifatini oshirish, transport oqimini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, transport infratuzilma ob’yektlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishda eskirgan normalarni qayta ko‘rib chiqish.

  • - O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqiladi. Mavjud yo‘l infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini qo‘llaniladi;
  • - 5,5 ming km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari holatini yaxshilanadi;
  • - 600 ta yangi avtobuslar sotib olinadi.

Xorijiy investitsiyalar yanada oshadi:

3.11. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish

  • - 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida loyihalarning tarmoq jadvallarini tasdiqlash, loyihasmeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari;
  • - barcha manbalar hisobidan 23 mlrd AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda 206 ta yangi yirik quvvatlarni ishga tushirish;

Eksport qiluvchilar qo‘lla-quvvatlanadi:

3.12. Yangi bozorlarni o‘zlashtirish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishda eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash choralari va mexanizmlarini kengaytirish orqali hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada oshirish;

  • - Jahon savdo tashkiloti bilan muloqotlar faollashtiriladi va bu bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”si tasdiqlanadi;
  • - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning milliy iqtisodiyotga ta’siri ko‘rib chiqiladi, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda milliy iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, har bir iqtisodiyot tarmog‘iga ta’siri baholanadi.

Paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilinadi:

3.13. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, intensiv texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni keng joriy qilish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, klaster tizimini va barcha yo‘nalishlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarida qishloq xo‘jaligi sohasini isloh qilish

  • - Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan soha korxonalariga ko‘rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechiladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasining vakolat va faoliyat yo‘nalishlarini xalqaro funksional baholash (Management Functional Assessment Model – MFAM) mezonlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi;
  • - 2020 yilda 44 ming gektarda yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etiladi.

IT sog‘lik va ta’limda qo‘llaniladi:

3.14. “Raqamli iqtisodiyot”ni jadal rivojlantirish, inson faoliyatining barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, jumladan, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga, iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarish va boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish, axborot tizimining yaxlitligi va barqaror faoliyatini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash.

  • - Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantiriladi;
  • - yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor Internet bilan ta’minlanadi;
  • - Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida texnopark tashkil etiladi.

Davlat roli iqtisodiyotda qisqartiriladi, bo‘sh binolar beriladi:

3.15. Davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirish, bo‘sh turgan yer maydonlari, bino va inshootlardan samarali foydalanishni jadallashtirish.

  • - Rieltorlik faoliyati takomillashtiriladi. Barcha sotilayotgan ko‘chmas mulk ob’yektlari haqidagi ishonchli axborotni real vaqt rejimida olish, ularning bozor narxini oshkora va shaffof shakllantirish imkonini beradigan ko‘chmas mulk bozorining yagona elektron platformasi tashkil etiladi.
  • - Davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mavjud eksklyuziv huquqlarini qisqartiriladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar