Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?

Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?

Koronavirus aniqlangan Uxan shahrida suratga olingan barcha foto va videolarda epidemiyaning birinchi kunlaridanoq odamlar ommaviy tartibda himoya maskalarida yurganini ko‘rgan edik. Sputnik O‘zbekiston ayni vaqtdagi vaziyatda qanday maskalar viruslardan yaxshi himoya qilishi to‘g‘risida ma’lumot tayyorladi.

Tibbiyot maskalari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot maskalari taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin. E’tibor bering faqat “cheklashi mumkin” deyilgan, “to‘liq himoya qiladi”, deyilmagan. Shaxsiy havo tozlash vositasini tanlaganda ularning turi va klassiga e’tibor berish kerak.

Оддий тиббиёт маскаси

Tibbiyot mutaxassilari aytishiga qaraganda eng oddiy to‘rtburchak tibbiyot maskalarining himoya darajasi unchalik katta emas.

- Maska har bir virusni ushlab qola olmaydi, lekin yuzga taqilgan maska mayda suv, so‘lak va changdan himoya qilish mumkin. Aslida viruslar ham havoda alohida uchib yura olmaydi, aksariyat hollarda ular so‘lak yoki chang bilan birga “sayohat qiladi”, - deydi virusolog Aleksandr Lukashev.

Eng oddiy to‘rtburchak maskalarning kamchillik tomoni shunda-ki, ular odam yuziga yaxshi yopishib turmaydi, bo‘shliqlar ko‘p bo‘ladi. Ikkinchidan ularning himoya qilish muddati juda qisqa, ya’ni 2 soatni tashkil qiladi. Shu muddatdan so‘ng ularni yechish kerak.

Anatomik himoya maskalari

Ular inson yuzi profilishi takrorlash xususiyatiga ega bo‘lib, jag‘ va burun shaklini to‘liq takrorlaydi va ochiq hududlar qoldirmaydi. Shuningdek, anatomik himoya maskalari ko‘proq vaqt davomida foydalanish mumkin. Anatomik maskalar oddiy maskaga nisbatan 20-30 % samaraliroq hisoblanadi.

Respiratorlar

Respiratorlar bir necha qavatli qalin va maxsus materiallardan ishlab chiqariladi. Ehtiyoj bo‘lmaganda ularni taqish tavsiya etilmaydi, chunki ular respirator orqali nafas olish oson emas, kishining yuzi terlashi, ba’zan havo yetishmasligini his qilish mumkin. Ko‘nikish talab qilinadi. Respiratorlardan odatda qurilish sohasida chang, sement, steklovata, kraska va turli gazlardan himoya maqsadida foydalaniladi. Respitartorlar xalqaro standart bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi. Shuningdek, respiratorlar klapanli va klapansiz bo‘ladi.

Респираторы класса FFP1

FFP1 (yoki N95) - 80 % himoya

Bu yirik chang va sement va boshqa jismlardan himoya qilishga qodir. FFP1 guruhi - havo ifloslanish darajasi 4 PDK (GOST - predelno dopustimaya konsentratsiya) gacha bo‘lgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni tozalash samaralilik darajasi – 80 %ni tashkil qiladi.

FFP2 guruh - 94 % himoya

FFP2 guruhi kichik chang zarrachalari, kichik aerozol tomchilari, ko‘mir changi, elektrosvarka zararli moddalarini ushlab qoladi. Rossiya GOSTi bo‘yicha 12 PDKgacha bo‘lgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi 94 %ni tashkil qiladi.

Респираторы класса FFP2

FFP3 guruhi - 99 % himoya

Ushbu guruh respiratori toksik chang, asbest, radioaktiv chang, bakteriya va viruslar hamda mog‘or urug‘larini ushlab qolishga qodir. Rossiya GOSTi bo‘yicha 30 PDKgacha bo‘lgan ifloslanishidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi 99 %ni tashkil qiladi.

Респиратор класса FFP3

Necha soat taqish mumkin?

Havo iflosligi va foydalanish sharoitiga qarab maskalardan 2 soatdan 8 soatgacha foydalanish mumkin. Eng oddiy maskalar har 2 soatda almashtirilishi kerak. Klapanli maskalar foydalanish davomiyligini uzaytiradi, chunki klapan odam ichidan chiqayotgan nam havoni tez tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Buning natijasida maska uzoq vaqt quruq turadi va havoni filtrlash xususiyati yuqori darajada saqlanib qoladi.

Ko‘pchillik nam doka changni yaxshi ushlab qolishini biladi, lekin maska xususida bunday qoida amal qilmaydi. Chunki maskalar chang zarrachalarini mexanik uslubda (to‘r sifatida) emas balkim elektrostatik uslubida ushlab qoladi. Ya’ni chang zarrachalari maxsus membranaga yopishib qoladi. Membrana namlanishi esa uning samaradorligini kamaytiradi.

Maskadan qachon va qayerda foydalanish kerak?

Ochiq havoda, atrofda odam kam bo‘lsa maskadan foydanish shart emas, virusning o‘zi bunday vaziyatda tez qurbon bo‘ladi. Bunday vaziyatda maska nafas olishni qiyinlashtiradi xolos.

Xona ichida va yaqin 1-2 metr masofada gripp va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallangan, yo‘talayotgan odamlar bor joyda maskadan foydalanish kerak.

Ha aytmoqchi, bunday respiratorlar aptekada emas, qurilish mollari do‘konlarida sotiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar