Turoperatorlar sayyohlarni jalb qilgani uchun davlat tomonidan rag‘batlantiriladi

Turoperatorlar sayyohlarni jalb qilgani uchun davlat tomonidan rag‘batlantiriladi

"Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida" Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagilarga belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratiladi:

  • turoperatorlarga 2019 yildagi o‘rtacha oylik ish haqi fondining 3 baravaridan oshmaydigan miqdorda;
  • joylashtirish vositalariga har bir yotoq o‘rni uchun BHMning 5 baravari miqdorida.

Shuningdek, turizm sohasidagi "startap" loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalarni umumiy 1,5 milliard so‘m miqdorida qisman subsidiyalash orqali qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatiladi.

2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda:

  • respublika hududlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) xorijiy oshxona yoki alohida yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan tematik ovqatlanish shoxobchalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
  • yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilishga gidlar uchun 5 million so‘m, turoperatorlar uchun 10 million so‘m miqdorida grantlar ajratish orqali qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatiladi.

Shu bilan birga, joylashtirish vositalarini (mehmonxonalar, dam olish uylari va b.) qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar bo‘yicha 2020 yil 1 martdan 1 iyungacha bo‘lgan davrda turizm sohasi sub’yektlarining foiz xarajatlari subsidiyalanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar