“Farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi

“Farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi

“O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan boshlab mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan referent narx shakllantirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Unga ko‘ra, dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda dori vositasining har bir savdo nomi uchun belgilangan eng yuqori narxi qayd etiladi.

Bunda dori vositasini ushbu qiymatdan yuqori narxlarda O‘zbekistonga yetkazib berish va sotish mumkin emas.

Qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining vakolatlari belgilandi.

Jumladan, Agentlik dori vositasining savdo nomiga referent narx shakllantirish tizimini monitoring va tahlil qiladi.

2020 yil 1 iyuldan boshlab:

  • respublikaning barcha tibbiyot tashkilotlarida majburiy tartibda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha retsept yozilishi joriy qilinadi;
  • “farmatsevtika mahsulotlarining sirli xaridori” instituti joriy etiladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar