1 sentyabrgacha Bo‘stonliq tumanidagi davlat tasarrufida bo‘lgan pansionatlar, sanatoriylar xususiylashtiriladi

1 sentyabrgacha Bo‘stonliq tumanidagi davlat tasarrufida bo‘lgan pansionatlar,  sanatoriylar xususiylashtiriladi

15 iyul kuni “Yer resurslari va davlat mulki ob’yektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

Yer solig‘i bo‘yicha quyidagilar tomonidan egallangan yer uchastkalari:

  • sog‘lomlashtirish hamda dam olish joylari, xususan dam olish uylari; • aholining ommaviy dam olishi va turizm uchun joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan bo‘lsa;
  • sanatoriy-kurort ob’yektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan bo‘lsa;
  • Mol-mulk solig‘i bo‘yicha sanatoriy-kurort xizmatlari ko‘rsatish uchun foydalaniladigan ko‘chmas mulk ob’yektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan bo‘lsa.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort ob’yektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining kamaytirilgan stavkalarini qo‘llash yoki ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod qilish vakolati berildi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan idoraviy dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa ob’yektlarni (bolalar dam olish lageridan tashqari) xususiy sektorga sotish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2021 yil uchun Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida yer uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaxslar foydalanishida bo‘lgan 1 gektardan ortiq yer uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer solig‘ining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash ko‘zda tutiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar