10 oyda chakana savdo tovar aylanmasi 129,5 trln so‘mni tashkil etdi

10 oyda chakana savdo tovar aylanmasi 129,5 trln so‘mni tashkil etdi

Respublika bo‘yicha joriy yilning yanvar-oktyabr oyida chakana savdo tovar aylanmasi 129,5 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,0 foizga o‘sdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 20,5 trln so‘mni (o‘sish sur’ati 28,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 108,9 trln so‘mni (o‘sish sur’ati 3,7 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 13,04 trln so‘mni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,9 foizga kamaygan) tashkil etdi.

2018 yilning shu davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur’atlari kuzatilib, nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Xorazm, Samarqand, Navoiy, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,6 foizga o‘sdi va 20,5 trln so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 15,9 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 108,9 trln so‘mni tashkil etib, 2018 yilning yanvar-oktyabr oyiga nisbatan 3,7 foizga o‘sdi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 84,1 foizga teng kelmoqda.

Tahliliy natijalarga ko‘ra, chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi bo‘yicha Qashqadaryo (96,8 foiz), Sirdaryo (94,6 foiz), Toshkent (90,5 foiz), Surxondaryo (89,7 foiz) va Namangan (87,5 foiz) viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 15,9 foizni tashkil etib, eng katta ulush Toshkent shahrida (28,1 foiz), Xorazm viloyatida (24,9 foiz) va Buxoro viloyatida (14,0 foiz) kuzatilgan.

2019 yil yanvar-oktyabr oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida o‘sish ko‘rsatkichlarini tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkichni boshqa hududlar bilan solishtirganda eng yuqorisi Toshkent shahri (12,2 mln so‘m), Navoiy (5,2 mln so‘m) va Toshkent (4,9 mln so‘m) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Buning sababi ushbu hududlarda yirik savdo va sanoat tashkilotlari joylashgan.

2019 yil yanvar-oktyabr holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi - 3,8 mln so‘m (o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 5,0 foizga o‘sgan).

Shuningdek, 2019 yilning yanvar-oktyabr oyi mobaynida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,8 foizni tashkil etib, 3,6 trln so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 foiz o‘sdi. Bunda jami savdo aylanmasining 83,6 foiz ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar