15 iyundan umumiy ovqatlanish ob’yektlari ham ish boshlaydi

15 iyundan umumiy ovqatlanish ob’yektlari ham ish boshlaydi

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umimiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatiga ham ruxsat berilmoqda.

Shu bilan bir qatorda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  • banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;
  • stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
  • bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar