19 ta bank jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlari uchun "ta’til" berdi

19 ta bank jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlari uchun

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi 12 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga ko‘chirilmoqda.

Foiz to‘lovlari vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun belgilangan barcha penya to‘lovlari va jarima bekor qilindi. Foiz to‘lovlari karantin davri tugaganidan so‘ng amalga oshirishilishi mumkin.

Karantin muddati uzaytirilgan taqdirda, ko‘rsatilgan muddat tugaganidan keyin, mijoz kechiktirilgan to‘lovni uzaytirish uchun bank bilan bog‘lanish huquqiga ega.

1 aprel holatiga ko‘ra, aholining 100 mln. so‘mdan kam bo‘lgan barcha kredit (overdraft, onlayn mikroqarz, sud jarayonidagi kreditlar bundan mustasno) to‘lovlari bo‘yicha ta’til e’lon qilgan banklar ro‘yxati:

1. O‘zsanoatqurilishbank
2. Asakabank
3. Turonbank
4. Aloqabank
5. Hamkorbank
6. O‘zMilliybank
7. Agrobank
8. Mikrokreditbank
9. ZiraatBank
10. Xalq banki
11. InfinBank
12. Ipotekabank
13. Poytaxtbank
14. AsiaAllianceBank
15. Ipak yo‘li banki
16. O‘zAgroEsportbank
17. HiTechBank
18. Kapitalbank
19. Orient Finans Bank

Ushbu banklar jismoniy shaxslar uchun kredit shartnomasiga bir tomonlama o‘zgartirish kiritishmoqda va kreditlar bo‘yicha 2-3 oylik imtiyozli davr berishmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar