2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi

2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi

“O‘zbekistonning 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-4563-son, 09.01.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekistonning 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 850,5 trln so‘m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish;
  • 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratish.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha 2020 yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasidagi loyihalar “2020 yil uchun O‘zbekistonning Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi.

Shuningdek, qiymati 50 mln AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini byudjet mablag‘lari hamda moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibi mazkur investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‘llaniladi:

  • loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi;
  • Urbanizatsiya agentligining loyihani so‘ralayotgan yer uchastkasida joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi;
  • loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda).
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar